Akademiya talabalari Nukusda
️Joriy yilning 2-3-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
️Mazkur festivalda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalar teatr studiyasi ham ishtirok etmoqda.
️Bugun Akademiya talabalari Nukus shahrining diqqatga sazovor ma’naviy-ma’rifiy joylarini ziyorat qilishdi.
️Xususan, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyidagi nodir eksponatlar bilan tanishishdi.
️Mazkur muzey 1966-yilda tashkil topgan bo‘lib, xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’ati, 1920-1930-yillar o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud.
️Akademiya talabalari ertaga Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida spektakl namoyishlarini o‘tkazishadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish