Rahbariyat va talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.
Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti doirasida berilgan topshiriqqa ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mart oyining har payshanba kunida “Rahbariyat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
Bugun ana shunday muloqotlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Akademiya prorektorlari Habibullo Sadibaqosev, Irgash Daminov, Olim Astanakulov, Salim Dusanov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan mazkur uchrashuvda yoshlarga Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar hamda shu asosda Akademiyada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvni Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, bugungi kunda yurtimiz davlati siyosatining eng asosiy omillaridan biri – yoshlar ekani, barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida yoshlar uchun yetarli imkoniyatlar yaratilishi turganini qayd etdi.
Muloqotda Muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatga ketadigan talabalarga yo‘llarda ehtiyot bo‘lib borib-kelishlari, bayramni yuqori kayfiyat va oila davrasida kutib olishlarini tilashdi.
Uchrashuv davomida jahonda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar har bir insonni ogohlikka, befarq bo‘lmaslikka chorlayotgani, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish dolzarb masala ekani qayd etildi.
O‘z o‘rnida talabalar ham bugungi kundagi o‘y-fikrlari orzu-intilishlari g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, muloqot davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ham tinglanib, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish