Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti doirasida berilgan topshiriqqa ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.
Mazkur tashabbus yoshlarning muammolari va takliflarini bevosita tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini amaliyotga joriy etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mart oyining har payshanba kunida “Rahbariyat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilmoqda.
Bugun mazkur loyiha doirasida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan mazkur uchrashuvda yoshlarga Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar hamda shu asosda institutda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqotda so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda yurtimiz davlati siyosatining eng asosiy omillaridan biri – yoshlar ekani, barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlandi. Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida yoshlar uchun yetarli imkoniyatlar yaratilishi turganini qayd etildi.
Shuningdek, jahonda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar har bir insonni ogohlikka, befarq bo‘lmaslikka chorlayotgani, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish dolzarb masala ekani qayd etildi.
O‘z o‘rnida talabalar ham bugungi kundagi o‘y-fikrlari orzu-intilishlari g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ham tinglanib, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish