1

Buxoro viloyatida “Dinlararo do‘stlik safari” o‘tkazildi

Bugun Buxoro viloyatida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – tinchlik va barqarorlik omili” shiori ostidagi ilmiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi doirasida “Do’stlik safari” nomli ekskursiya tashkil etildi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining ko‘magi bilan amalga oshirildi.

Ekskursiyada O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi. 

Uchrashuv doirasida ishtirokchilar Buxorodagi turli diniy jamoalarning madaniy va tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Jumladan, safar davomida ishtirokchilar Buxoro yahudiylari jamoasi, pravoslav cherkovi va bahoiy jamoasi ibodatxonalariga tashrif buyurishdi.

Shuningdek, ekskursiya davomida Akademiya talabalari tashabbusi bilan faoliyat yuritib kelayotgan “Konfessiyalararo muloqot klubi”ning 4-yig‘ilishi ham o‘tkazildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar dinlararo muloqot, ijtimoiy hamkorlik va tinchlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

“Dinlararo do’stlik safari” ekskursiyasi Buxoro viloyatida diniy va madaniy turizmni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sabr-toqat, bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhini oshirishga xizmat qiladigan muhim tadbir sifatida yuqori baholandi.

Izoh qoldirish