5

Akademiyada rahbariyat va professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiyaning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish nafaqat talabalarning, balki har bir professor-o‘qituvchi va xodimlarning ham vazifasi ekani ta’kidlandi.

Darslarni o‘z vaqtida va sifatli olib borish, talaba bilan “ustoz-shogird” tizimi asosida ishlash, ularga adolatli baho qo‘yish, ta’magirlik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi dolzarb masalalar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda yoshlarning bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq muhim masalalar ham kun tartibida bo‘ldi.

Tadbir davomida noqonuniy diniy ta’limning salbiy oqibatlari, buning oldini olish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Bu kabi holatlardan nafaqat talabalar, balki pedagog va xodimlar ham uzoq yurishi kerakligi tushuntirildi.

Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklardan boxabar bo‘lishi, olib borilayotgan islohotga daxldorlik hissini kuchaytirishi zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Mavjud taklif va tavsiyalar tinglandi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish