1

Rahbariyat va talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.

Bugun Islomshunoslik fakultetining sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ana shunday muloqotlardan biri bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiyaning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida noqonuniy diniy ta’limning salbiy oqibatlari, buning oldini olish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi. 

Shuningdek, dunyoda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar har bir insonni ogohlikka, befarq bo‘lmaslikka chorlayotgani, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish dolzarb masala ekani qayd etildi.

Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.

Profilaktika inspektori tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga doir profilaktik ma’lumotlar berildi.

Izoh qoldirish