Rahbariyat va talabalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.
Bugun ana shunday muloqotlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanalari, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, bugungi kunda yurtimiz davlati siyosatining eng asosiy omillaridan biri – yoshlar ekani, barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida yoshlar uchun yetarli imkoniyatlar yaratilishi turganini qayd etdi.
Muloqotda qishki ta’til munosabati bilan viloyatga ketadigan talabalarga yo‘llarda ehtiyot bo‘lib borib-kelishlari, ta’tilni yuqori kayfiyat va oila davrasida kutib olishlarini tilashdi. Ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun mutolaa, turli foydali ishlar bilan band bo‘lishlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida noqonuniy diniy ta’limning salbiy oqibatlari, buning oldini olish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, dunyoda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar har bir insonni ogohlikka, befarq bo‘lmaslikka chorlayotgani, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish dolzarb masala ekani qayd etildi.
Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish