Akademiyada “Tafakkur egalari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Tafakkur egalari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
“Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar oyligi” doirasida tashkil etilgan kitobxonlik bahsida jamoalar Mixail Lermontovning “Zamonamiz qahramoni”, Shuhratning “Oltin zanglamas” hamda Anton Chexovning “Garov” asari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Mazkur musobaqa “Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi”, O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamda Akademiya tyutorlar jamoasi hamkorligida tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish, tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, diniy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar orqali tafakkur doirasini kengaytirishdan iborat.
Intellektual o‘yin 2 ta shartdan iborat bo‘lib, talabalar dastlab mazkur kitob haqidagi ma’lumotlarni belgilangan vaqt mobaynida hakamlarga yetkazishgan bo‘lsa, 2-shartda esa mazkur kitoblar asosida tuzilgan savollarga javob berdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish