Akademiyada hamkorlikda binar dars o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish asoslari” fani doirasida “Ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiy reablitatsiya qilish masalalari” mavzusida binar dars o‘tkazildi.
Mazkur dars Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dotsenti Ruslan Sarsembayev hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Mohira Abdullayeva va kafedra o‘qituvchisi Saidumarxon Burgutxonov tomonidan o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun aytish joiz, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti Qozog‘istondagi eng qadimiy universitetlardan biridir. Universitet 1934-yil tashkil topgan bo‘lib, 1991-yil 23-oktabrda universitetga Sharqning buyuk allomasi, mutafakkiri, qomusiy olimi, “Jahonning ikkinchi muallimi” Abu Nasr Forobiy nomi berilgan. Ushbu universitet mamlakatning davlatga tegishli birinchi top oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. QS University Rankingsga ko‘ra, dunyoda 163-o‘rinda turadi. Qozog‘istonda esa, 2025-yildagi Ta’lim sifatini baholash mustaqil agentligi (IQAA) milliy reytingida 1-o‘rinni egallagan.
Binar dars davomida ma’ruzachilar tomonidan ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiy reablitatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, bunday holatlarda ularga ruhiy jihatdan yordam koʻrsatish, jamiyatga qayta ijtimoiylashtirish muhim ekani ta’kidlandi.
Buning oldini olish uchun aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ekstremizm va terrorizmning buzgʻunchi gʻoyalariga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirish dolzarb masala ekanligi qayd etildi.
Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish