1

Ijarada yashayotgan talabalarning sharoiti o‘rganildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, dekan o'rinbosari Ramz Isoqjonov va tyutor Botir Majidov tomonidan ijarada yashayotgan talabalarning xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi.

Ijaradagi xonadonlarda issiqlik tizimining ishlash holati, xavfsizlik talablari hamda gigiyena sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, is gazining oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish