1

Jaholatga qarshi ma’rifat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalarda ma’naviy immunitetni kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash, ma’rifat va ezgulik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov, O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev ishtirok etib, yoshlar bilan ma’naviyat, ma’rifat va ezgulik yo‘lida harakat qilish zarurati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan yoshlarning ongi va tafakkurini boyituvchi ma’ruzalar, chiqishlar hamda bahs-munozaralar tashkil etildi.

Ushbu tadbir talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Izoh qoldirish