1064

Islomshunoslik fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5416-sonli 16.04.2018 dagi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’sis etilishi asosida uning o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil qilingan.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Buyruq №159, 30-may 2008-yil) “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi hamda “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to‘g‘risida”gi nizomlar asosida faoliyatini olib boradi.

Fakultet O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanadi.

Fakultet faoliyatida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. 5120600 - Dinshunoslik;
  2. 5120600 - Религиоведение;
  3. 5160100 - Islomshunoslik;
  4. 5160100 - Исламоведение;
  5. 5120300 - Tarix (islom tarixi va manbashunosligi);
  6. 5120300 - История;

Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, davlat va jamoat tashkilotlari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish.

Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida hamkorlik qilishi mumkin.

Fakultet mutaxassis kadrlar tayyorlashni jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.

Fakultet o‘z tarkibiga kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli kafedralarni, shuningdek, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga yaqin bo‘lgan boshqa kafedralarni birlashtiradi.

Fakultetda 3 ta kafedra ish olib boradi:

  1. “Dinshunoslik va jahon dinlari tarixini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi;
  2. “Islomshunoslik va Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi;
  3. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA ” kafedrasi;

 

Fakultet dekani:

Jahongir Toxirov

Telefon: 71-244-94-71

Pochta: admira0986@gmail.com

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Majidov Omontosh Isomiddinovich

Telefon:71-244-94-71

Pochta: omontoshmajidov@gmail.com

 

 

 

Fakultet uslubchisi:

Ibrohimov Farhod Rustamovich

Telefon: 71-244-94-71

Pochta: farhodibra8004@gmail.com

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish