1

O‘tganlarni xotirlash ulug‘ amallardandir

Har yili 9-may sanasi mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur yurtdoshlarimizni xotirlash, ulug‘lash, shu bilan birga, tiriklarga urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat ko‘rsatish kunidir. 

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistrlari “Kamolon” qabristoni hududida obodonlashtirish va hashar ishlarini amalga oshirishdi. 

Ular qabristondagi tarixiy maqbaralar atrofini tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, hududni ozoda saqlash bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etishdi. 

Ushbu tadbir yoshlarning Vatanga, uning tarixi va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Xotira kuni munosabati bilan amalga oshirilgan ushbu amaliy ishlar talabalarning ma’naviy tarbiyasida muhim o‘rin tutib, ularni yanada jipslashtirib, ijtimoiy faolliklarini oshiradi. 

Shu tariqa, Xotira va qadrlash kuni faqatgina o‘tmishni yodga olish emas, balki bugungi avlodning ma’naviy yuksalishi uchun ham muhim saboq ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05
May
03
Yoshlar bilan ishlash
Xotira muqaddas, inson qadri aziz
14:42

Izoh qoldirish