
Hidoyat yo‘lboshchisi
Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Prezidentimiz “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Ushbu qaror moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalom ilmiga oid ulkan ilmiy meros qoldirgan Abu Mansur Moturidiy o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan “Imom al-huda” (“To‘g‘ri yo‘lga yo‘llovchi imom”), “Qudvatu ahl as-sunna” (“Ahli sunnaning andozasi”), “Qole abobil al-fitna val-bid’a” (“Fitna va bid’at to‘dalarini ag‘daruvchi”), “Imom al-mutakallimin” (“Mutakallimlarning peshvosi”), “Rofe a’lom ash-shari’a” (“Shariat bayroqdori”), “Musahhih aqoid al-muslimin” (“Musulmonlarning aqidalarini tuzatuvchi”) kabi sharafli nomlarga sazovor bo‘lgan.
Moturidiyning ilmda yuksak martabalarga ko‘tarilishi, olimlar orasida qadr-qimmat topishida u shakllangan ilmiy muhitning o‘rni katta. Xususan, IX-X asrlarda Movarounnahr va musulmon dunyosi mamlakatlarida yashagan Abu Nasr Ahmad Iyoziy hamda Abu Bakr Juzjoniy singari yirik ulamolar Imom Moturidiyning yetuk olim bo‘lib shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, olimning faoliyatiga beqiyos xizmati singgan ustozlar mavzusi, bizningcha, chuqur tadqiq qilinishi lozim. Negaki, bu borada o‘rta asr manbalarining kamligi ma’lumotlar taqchilligini yuzaga keltiradi. Ayrim manbalarda Nusayr Balxiy bilan Muhammad Roziy olimning ustozlari sifatida zikr etilgan qaydlar mavjud.
Zohidjon Islomov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 18-aprel, 16-son

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish