
Akademiya talabalari uchun Rishton xalqaro kulolchilik markaziga ekskursiya tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati tomonidan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan xalqaro kulolchilik markaziga ekskursiya tashkil qilindi.
Ekskursiya avvalida talabalarga Rishton xalqaro kulolchilik markazida joylashgan usta hunarmandlarning ustaxonalari va butun dunyoda dovrug‘ qozongan galereyalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi hamda ular bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Talabalar ekskursiya davomida usta kulollar yaratgan san’at asarlari, sirlangan sopol buyumlar hamda qalampir nusxali naqshlarga boy bo‘lgan jimjimador idishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ekskursiyada talabalar rishtonlik kulollar tomonidan loydan kulolchilik mahsulotlarini qanday qilib yasalishi hamda ularga naqsh berish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Ekskursiya ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Xususan, sayohat davomida Rishton xalqaro kulolchilik markazida joylashgan savdo do‘konlariga ham tashriflar amalga oshirilib, shoppinglar tashkil qilindi. Shuningdek, talabalar tomonidan fotosessiyalar tashkil etildi.
Bu kabi ekskursiyalarni tashkil etish talabalarda xalqimizning qadimiy tarixi va madaniy hayotini har tomonlama chuqur o‘rganish, nomoddiy madaniy merosimiz bo‘lgan ko‘p qirrali o‘zbek milliy hunarmandchiligini qadrlash, uning noyob namunalarini targ‘ib etish kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish