
Joylarda “Jaholatga qarshi maʼrifat” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Yosh avlodni ezgulik va maʼrifat, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini keng tushuntirish, milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish muhim hisoblanadi.
Shu maqsadda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131- hamda 232-sonli maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Tadbirlar doirasida 2025-yil 25-fevralda yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov hamda kafedra katta o‘qituvchisi Ziyodullo Zinatullayev tomonidan konsepsiyaning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.





Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish