5

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya” yo‘nalishi talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirni fakultet dekani Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Davra suhbatini “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi v.b dotsenti Jahongir Akramov olib bordi.

Davra suhbatida fuqarolarning vijdon erkinligi, O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati prinsiplari, milliy qadriyatlarning ahamiyati yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratildi.

Suhbatda talabalar mamlakatda diniy tolerantlikni mustahkamlash, vijdon erkinligiga to‘sqinlik qiluvchi omillarning salbiy oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Izoh qoldirish