4

Akademiya talabasi Huawei kompaniyasiga ishga taklif qilindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Axborot xavfsizligni boshqarish” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Azizbek Habibov Huawei kompaniyasidan ish taklifini oldi.

Bunga eng asosiy sabablardan biri Akademiyaning dasturlash bo‘yicha talabalar jamoasi 2024-yilning 13-15-dekabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan The 2024 ICPC Northern Eurasia Finals musobaqasida ishtirok etgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’lumki, bu musobaqa dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining yarim finali sanaladi.

Musobaqa homiylari qatorida Huawei kompaniyasi ham bor edi. Huaweining Belorussiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Gruziya bo‘yicha vakili Pavel Rudak o‘z taqdimotida kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kompaniyaga talantlarni ishga qabul qilish jarayonlari bilan o‘rtoqlashgan edi. 

Pavel Rudak hamda Azizbek Habibov o‘rtasidagi suhbatlar va turli sinovlar natijasida Akademiya talabasi Huawei kompaniyasiga ishga taklif qilindi.

Fursatdan foydalanib, Akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan Azizbek Habibovni mazkur yutuq bilan tabriklab, uning kelgusidagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish