8

“O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish belgilangan.

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, endilikda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Akademiya talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;

Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

Talabalarni mahalliy ishlab chiqarish obyektlari hamda xorijdagi oliy ta'lim tashkilotlarida haq to‘lanadigan amaliyotlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tadbir davomida bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes-treninglar tashkil etish, ish beruvchilar ishtirokida ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarga individual kasbiy ta’lim dasturlarini taklif etish masalalari muhokama qilindi. 

Muxtasar aytganda, ushbu kelishuvlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishlariga, kasbiy rivojlanishlariga keng imkoniyat yaratadi.

Izoh qoldirish