
Talabalar uchun Akademiya hududida joylashgan ziyoratgohlarga ekskursiya tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Filologiya” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun Shayx Xovand Tohur ziyoratgohiga ekskursiya tashkil etildi.
“Ziyoratgohga tashrif” turkumi doirasida o‘tkazilgan ekskursiyada “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ne’matulla Muhamedov ma’ruza qildi.
Professor Ne'matulla Muhamedov ushbu majmua tarixi bo‘yicha so‘z yuritib, o‘tmishda Toshkent shahrining eng gavjum va fayzli joylaridan biri bo‘lgan bu ziyoratgoh hududida o‘nlab me’morchilik yodgorliklari, masjidlar, madrasalar, atrofi baland daraxtlar bilan o‘ralgan shifobaxsh buloqli ariqlar va savdo-sotiq rastalarini bo‘lgani, mamlakatimiz, qolaversa, Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham muqaddas ziyoratgoh sifatida ma’lum va mashhurligini aytib o‘tdi.
Bu muqaddas ziyoratgoh Toshkent shahri to‘rt dahasining biri hisoblanib, qadimdan Shayx Xovand Tohur dahasi deb aytilgani, shuningdek, majmuada joylashgan Yunusxon va Qaldirg‘ochbiy maqbarasi tarixi haqida ham batafsil ma’lumot berdi.



Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish