
Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugungi tadbirlar “Kitob o‘qish marafoni” doirasida milliy merosga oid kitoblarni o‘qish va muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Rahmatilla Gaipnazarov, O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi”, pedagog Obiddin Mahmudov, Respublika ma’rifat targ‘ibotchilari guruhi a’zosi, jurnalist Oygul Kajanova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan milliy qadriyatlar – millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, anʼanalarini, jamiki moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab olishi bilan murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida namoyon boʻlishini ta’kidlandi.
Xususan, Obiddin Mahmudov ota-bobolarimizdan kishini ezgulikka yetaklovchi pand-u nasihatlar, doston-u hikmatlar qolgani, o‘zbek xalq ijodiyotining turfa xilligi haqida to‘xtaldi. Ajdodlarimizning qahramonliklari aks etgan rivoyatlar, xalqimizning necha ming yillik tarixga ega urf-odatlari, milliy fazilatlarimizni san’at darajasiga ko‘targan maqol, qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar xalqimiz ijodiyoti boy ekanini ko‘rsatib turishi qayd etildi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish