1

Akademiyа mas’uli tomonidan ma’rifat darsi o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahri Olmazor tumani 119-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rahmatilla Gʻoyibnazarov tomonidan ma’ruza qilindi.

Mazkur davra suhbati o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

Qiziqarli o‘tgan dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Izoh qoldirish