Talabalar kurs ishi himoyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining “Din psixologiyasi” fanidan kurs ishi himoyasi o‘tkazildi.
Kafedra dotsenti v.b. Azamat Nazarov rahbarligida “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining kurs ishi himoyasida bir guruh professor-o‘qituvchilar – N.G‘ayibova, M.Akramov, N.Rasulova, M.Nasimdjanova, M.Safarov va Yu.Dostjanovalar ishtirok etib, kurs ishini yozish, rasmiylashtirish va mavzularni yoritilishiga oid savollar va tushunchalar berib bordilar.
Ma’lumki, kurs ishi yozish va uni himoya qilish talabalarning bitiruv malakaviy ishi oldidan tayyorgarligining muhim bir bosqichi hisoblanadi.
Kurs ishi himoyasida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlari tanlagan mavzular bo‘yicha ikmiy adabiyotlar tahliliga katta e’tibor qaratganlar. Himoya qilingan ishlar “ANTIPLAG” dasturidan o‘tkazilib, ishning orginallik darajasi 80% qilib belgilangan va natijalari kurs ishiga tikilgan.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish