39

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Azamat Nazarov tomonidan “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fani doirasida “Din asosida radikallashuv va uni oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bir guruh professsor-o‘qituvchilari va kursantlari uchun tashkil etilgan darsda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyatda mutaassiblashuv, radikallashish, yot g‘oyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan mafkuraviy xavf-xatarlar va ularning oldini olish masalalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Akademiya dotsenti tomonidan yurtimizda aholiga va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berildi. Uchrashuv davomida diniy-ma’riify sohada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish hamda aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash zarurligi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Feb
02
Yoshlar bilan ishlash
Sport – salomatlik garovi
04:11
Jan
30
Yoshlar bilan ishlash
Talabalar uchun davra suhbati
17:11

Izoh qoldirish