27

Sirkulyar va “yashil” iqtisodiyot

Munosabat

Kuni kecha boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullashga bagʻishlangan majlisida Yurtboshimiz tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlash taklifi bildirildi. Oxirgi yillarda tez-tez tilga olinayotgan “yashil” iqtisodiyot yoki sirkulyar iqtisodiyot tushunchalarining mazmun-mohiyatini hozircha, afsuski, hamma ham toʻla anglab yetganicha yoʻq. 

Bu atamalar va ularning tub maqsadi haqida maʼlumot beruvchi materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez eʼlon qilib turish, masʼul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi orasida ekologik madaniyatni kengroq yoyish va barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga undash bu borada koʻzlangan maqsadlarimizga erishishga yordam berishi shubhasizdir. Buning uchun, avvalo, sirkulyar iqtisodiyot oʻzi nimaligi va qanday ishlashi haqidagi maʼlumotlarni koʻproq yoyinlash lozim.

Sirkulyar iqtisodiyot “yopiq sikl”ga egaligi bois, sikllik iqtisodiyot ham deyiladi. U ishlab chiqarish va isteʼmol modeli hisoblanib, anʼanaviy, yaʼni “chiziqli” iqtisodi yotning muqobili sifatida maydonga chiqadi. Oʻtgan asrning 70-yillaridan eʼtiboran sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga eʼtibor qaratila boshlandi va 80-yillarda u jadal rivojlandi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda bu borada sezilarli natijalarga erishilgan. Masalan, Yaponiyaning mashhur Kamikatsu qishlogʻida chiqindi miqdori nolga tushirilgan, ular 43 yoʻnalishda saralanib, keyin ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi. 

Ekologiya muammosi jahon miqyosida tobora jiddiylashib bormoqda. 

Oʻzbekiston ham bundan mustasno emas. Soʻnggi yillarda aholi soni koʻpayishi, shaharlarning kengayishi va sanoatning rivojlanishi bois, chiqindi hajmi sezilarli darajada oshdi.

Nurislom Toʻxliyev,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, OʻzFA akademigi

Manba: “Jadid” gazetasi 2024-yil 22-noyabr, 48-son

Gazetani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish