6

Diniy bagʻrikenglik – tinchlik va farovonlik asosi

Sarhisob

Ilm-fan ­– inson kamolotiga poydevor. Maʼrifat va maʼnaviyat esa barkamollik ustunlaridir. Zero, qadim Sharqda taʼlim va tarbiya hech vaqt ayro yoki biri ikkinchisidan ustun baholanmagan. Bu esa dunyo tamadduniga tamal toshlarini qoʻygan Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Imom Nasafiy, Al-Fargʻoniy kabi ne-ne dovrugʻi dunyoga doston ulugʻ qomusiy allomalar bebaho merosida ham namoyon.

Ulugʻ ajdodlarning donishmandlik anʼanalariga amal qilib, bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Buni mamlakatimizning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy hamda diniy-maʼrifiy sohalaridagi tub islohotlar misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va xalqimiz birdamligida qabul qilingan “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” asosidagi yangilanishlar, tom maʼnoda, xalqimiz hayotidagi farovonlik va mamlakat taraqqiyotida oʻz boʻy-bastini koʻrsata boshladi. 

Soʻnggi yetti yilda mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar oʻrtasida oʻzaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qoʻllab-quvvatlash hamda tinchlik va totuvlikni taʼminlashga qaratilgan izchil va puxta oʻylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Sodiqjon Toshboyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi

Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil 16-noyabr, 233-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish