“Islom tafakkuri”
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom ziyosi” (The Light of Islam) hamda “Islom tafakkuri” (Islamic Thought) nomli ilmiy jurnallari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnallarda ham “Islomshunoslik”, “Qur’onshunoslik”, “Islom huquqi”, “Tilshunoslik va manbashunoslik”, “Tarix”, “Dinshunoslikning dolzarb masalalari”, “Millatlararo totuvlik”, “Falsafiy fanlar va psixologiya”, “Filologiya masalalari”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Axborot texnologiyalari”, “Islom iqtisodiyoti” va boshqa ruknlar mavjud.
“Islom ziyosi” (The Light of Islam) hamda “Islom tafakkuri”ning (Islamic Thought) elektron shakli O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy iiau.uz veb-saytida e’lon qilinuvchi jurnalda chop etib boriladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori “Islom ziyosi” Tahrir kengashining raisi hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Ilmiy kengashi Qaroriga asosan tashkil etilgan “Islom ziyosi” jurnali mazmun-mundarijasini shakllantirib, kelib tushgan maqolalarni tahrir qiluvchi Tahrir hay’ati a’zolari akademiyada, chet elda yoki boshqa muassasalarda xizmat qiluvchi olimlar, ilmiy darajaga va unvonga ega mutaxassislar va muharrirlardan iborat.
“Islom ziyosi” (The Light of Islam) jurnaliga taqdim etilgan maqolalar “Uzbekistan Research Online” platformasida chop etiladi va yaqin kunlarda “Scopus” bazasiga kirish arafasida.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish