16

Akademiya mas’ullari tomonidan talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi

Xabaringiz bor, 2024-2025-o‘quv yilida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi 400 o‘rinli, yetti qavatli talabalar turar joyi talabalar ixtiyoriga topshirildi.

Bugun “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Sayyora Chinniyeva, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva hamda tyutor Nigina Ro‘zimova mazkur TTJda bo‘ldilar.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, turar joyning ichki tartib-intizom qoidalariga to‘liq rioya etish holatlari o‘rganildi. Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning muammolarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llarini izlash, talaba-qizlarning o‘z iqtidorlari bo‘yicha turli xil to‘garaklarga jalb etishga alohida urg‘u berildi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish