Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.
72 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.
Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash, ularning oila a’zolarini turli radikal g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish usullari hamda ofitserlarning sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.
Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilar uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan Yunusxon, Shayx Hovandi Tohur, Qaldirg‘ochbiy maqbaralariga ziyorat uyushtirildi. Tinglovchilarga madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish