173

Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda “dunyoviylik – dahriylik emas” tamoyilining ahamiyati

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda “dunyoviylik – dahriylik emas” tamoyilining ahamiyati” mavzusida siyosiy bilimlarni oshirish darsi o‘tkazildi. 

Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari dunyoqarashini yanada kengaytirish, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, yangi O‘zbekistonda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Dars avvalida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, ushbu mavzuning bugungi kunda dolzarbligi hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bilim-ko‘nikmalarini yanada oshirish to‘g‘risida ta’kidladi. 

Shundan so‘ng O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Jahongir Meliqo‘ziyev hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Shoislom Akmalov mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

Tadbir yakunida dars ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblar oldilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish