Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida alohida oʻrin tutadi.
Ulug‘ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi. Har yili adib tavalludi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi. Bu yilgi tadbir ham an’anaga ko‘ra, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan marosimda davlat va jamoat arboblari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchi yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekliston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ham ishtirok etdi.
Tadbirda buyuk bobokalonimiz ijodining bugungi yosh avlod maʼnaviy hayotidagi tutgan oʻrni xususida soʻz yuritildi. Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan e’tirof etildi. Yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangani ta’kidlandi.
Adiblar xiyoboni hududida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, buyuk shoir xotirasiga ehtirom koʻrsatildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish