169

Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyati va merosi alohida ahamiyatga molik. 

XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ adibning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi. 

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyobonidagi Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasini yod etishdi.

Bugungi tashkil etilgan tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Soʻngra Akademiya ustozlaridan Saidakbar Agzamxoʻjayev, Zebo Qosimova, Feruza Rasulova, N.Saidraximovalar allomalarimizning ilmiy va maʼnaviy merosi haqida maʼruza qildilar. Shuningdek, tadbir davomida Behbudiy nomidagi stipendiya sovrindorlari Kamola Esanova hamda E’zoza Keldiyorova va boshqa talabalar Behbudiy asarlaridan parchalar va badiiy chiqishlar qilishdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish