266

Akademiya talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar qabul qilinmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyiga joylashish uchun arizalar qabul davom etmoqda.

Joriy yilda Akademiya hududidagi 250 o‘rinli yotoqxona hamda qo‘shimcha qurib bitkazilayotgan 400 o‘rinli Talabalar turar joyiga joylashishlari ko‘zda tutilgan. 

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida TTJ uchun arizalar Akademiya hududidagi 2 ta “Talabalarni ijara xonadonlari va turar joylarga joylashishlariga ko‘maklashuvchi Axborot markazlari”da amalga oshirilmoqda.

QUYIDAGI TOIFADAGI TALABALAR USTUVORLIK ASOSIDA TALABALAR TURAR JOYLARIGA QABUL QILINADI:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yеtim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

– I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

– bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

– xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

– “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

– oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

– talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

TALABALARNI TURAR JOYGA QABUL QILISHGA ARIZALAR TOPSHIRISH QOIDALARI:

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori (376–son, 14.08.2023 y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra: 

davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 

talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo‘yiladi.

 

2023/2024 o‘quv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.

– 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. 

Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshiriladi.

– 2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi. 

Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanib, o‘quv yili yakunigacha davom etadi.

– Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

– Shunga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanma dastlab imtiyozli ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha avtomatik shakllantiriladi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish