865

2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilindi

✅2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilindi.

🔰RO‘YXAT ⬅️ (MATN USTIGA BOSING).

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha qoidalar:

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish:

🔷mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

🔷o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

🔷xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish:

🔶mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

🔶o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

🔶mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin.

Arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

🔰xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga – my.uzbmb.uz sayti orqali;

🔰respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida – transfer.edu.uz sayti orqali.

Kerakli hujjatlar:

✅ariza (onlayn tarzda);

✅transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);

✅akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Ariza topshirish muddati: 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham).

❗️Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qarori (https://lex.uz/docs/-3244181) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori (https://lex.uz/docs/-6070845) dan olishingiz mumkin.

❗️ESLATMA:

🔷Аkademiyaning “Islomshunoslik”, “Dinshunoslik” va “Jurnalistika: xalqaro jurnalistika” yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabagorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlari bilan birga Akademiya tomonidan ijodiy (kasbiy) imtihon o‘tkaziladi.

Izoh qoldirish