Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar nufuzli arab nashrlari nigohida
Internetdagi swiftnewz.com va ednews.net nashrlarida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni aloqalari rivojlanishi va “Haj-2023” mavsumi haqida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyevning maqolasi e’lon qilindi.
Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi davri boshlangani, muloqot va uchrashuvlar salmoqli natija berayotgani qayd etilgan. Ayniqsa, Prezidentimizning o‘tgan yil ushbu mamlakatga tashrifi diniy-ma’rifiy, ilm-fan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faol hamkorlik olib borishga zamin bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi.
Shuningdek, maqolada haj mavsumi yuqori darajada tashkil etilganiga ham urg‘u qaratilib, ushbu yo‘nalishda ziyoratchilarga qulaylik yaratish borasidagi ishlar yuksak e’tirof etilgan. Xususan, umra kvotalari bekor qilingani, haj qiluvchilar soni 3 baravarga oshirilib, bu ko‘rsatkich 15 ming nafarga yetkazilgani va kelgusidagi istiqbolli rejalar tilga olingan.
Manba:
Din ishlari bo‘yicha Axborot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish