125

Abituriyentlarning ota-onalari uchun Akademiya hududidagi muqaddas qadamjolarga ziyorat tashkil etildi

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari uchun DASTLABKI IMTIHON jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilib, to‘liq onlayn translatsiya qilinmoqda. Abituriyentlarning ota-onalari mazkur jarayonni faol kuzatib borishyapti.

Shu bilan birga, imtihon paytida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kutish vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov mehmonlarga mashhur allomalar haqida ma’lumot berdi.

Shu yerning o‘zida allomalar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Izoh qoldirish