
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyentlari diqqatiga!
Dastlabki imtihon
1-KUN
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga 12-14-iyul kunlari DASTLABKI IMTIHON o‘tkaziladi. Imtihon o‘tkazish jadvallari Akademiyaning iiau.uz sayti hamda rasmiy telegram kanali orqali e’lon qilinmoqda.
Imtihon kuni, vaqti va guruhlarni quyidagi ro‘yxat orqali bilib olishingiz mumkin!
12-iyul kuni DASTLABKI IMTIHONda ishtirok etadigan abituriyentlar ro‘yxati⬇️
1-SMENA UCHUN ⬅️ (MATN USTIGA BOSING).
2-SMENA UCHUN ⬅️ (MATN USTIGA BOSING).
1-smena uchun ro‘yxatga olish 12-iyul kuni soat 08:30 gacha. “Dastlabki imtihon” soat 09:00 – 12:00 da o‘tkaziladi.
2-smena uchun ro‘yxatga olish 12-iyul kuni soat 15:30 gacha. “Dastlabki imtihon” soat 16:00 – 19:00 da o‘tkaziladi.
2-KUN
13-iyul kuni DASTLABKI IMTIHONda ishtirok etadigan abituriyentlar ro‘yxati⬇️
1-SMENA UCHUN ⬅️ (MATN USTIGA BOSING).
2-SMENA UCHUN ⬅️ (MATN USTIGA BOSING).
1-smena uchun ro‘yxatga olish 13-iyul kuni soat 08:30 gacha. “Dastlabki imtihon” soat 09:00 – 12:00 da o‘tkaziladi.
2-smena uchun ro‘yxatga olish 13-iyul kuni soat 15:30 gacha. “Dastlabki imtihon” soat 16:00 – 19:00 da o‘tkaziladi.
Eslatma! Imtihon kuni abituriyentlar o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport yoki ID kartasi) hamda til sertifikati (mavjud bo‘lsa) bilan kelishi so‘raladi.
Imtihon adolatli va shaffof o‘tkazilib, abituriyentlarning imtihon jarayonida turli vosita (Shpargalka, qo‘llanma…)lardan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Imtihon o‘tkazish tartib-qoidalarini buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtiriladi.
Imtihon jarayonlari to‘liq onlayn translatsiya qilinadi hamda video kuzatuv asosida tashkil etiladi.
14-iyulda o‘tkaziladigan DASTLABKI IMTIHON hamda unda ishtirok etadigan abituriyentlarning ro‘yxati alohida e’lon qilinadi!
Hurmatli abituriyentlar o‘z bilimingiz bilan imtihonda ishtirok eting. Barchangizga omad tilaymiz!
️Murojaat uchun telefon: (71) 207-18-78
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Qabul komissiyasi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish