125

Xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlariga yuqori baho berdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko” maktabida joylashgan 359-saylov uchastkasiga Qirg‘iziston Respublikasidan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kelgan xalqaro kuzatuvchi – Rashitxon Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurishdi.

Saylov jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurgan nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kutib oldi. Akademiya rektori mehmonlarni yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Uchrashuv davomida xalqaro kuzatuvchi Rashitxon Xodjayev muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqimiz tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganini ta’kidladi. 

O‘z navbatida 359-saylov uchastkasida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, saylov tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilayotganini e’tirof etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish