Saylov hamjihatlik, faollik ruhida o‘tmoqda
Bugun ertalab soat 8.00 da muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boshlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo-zukko” maktabida tashkil etilgan 359-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni bayramona ruhda boshlandi.
Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng uchastka raisi va a’zolari, kuzatuvchilar ishtirokida saylov kunidagi tartib-qoidalar tushuntirildi.
Ta’kidlash joiz, mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirda ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda. 359-saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, tibbiyot xonasi faoliyat yuritmoqda. Ilk marotaba saylovda ishtirok etayotgan fuqarolar uchun esdalik sovg‘alari ulashilmoqda.
Zero, Prezident saylovi mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti, yurtimiz obodligi, ko‘p millatli xalqimiz farovonligini belgilab beradigan muhim siyosiy tadbir hisoblanadi. Bu jarayonda qatnashish barchamiz uchun Konstitutsiyada belgilangan huquq va sharafli burchdir.
Mazkur siyosiy tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish