Alloma xotirasi yod etilib, ehson dasturxoni yozildi
To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Jeti Jarg‘i” (“Yetti nizom”) qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Joriy yilda To‘labiy Alibeko‘g‘li tavalludiga 360 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, ehson dasturxoni yozildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi vakillari hamda ziyoratchilar ishtirok etdi.
Dastavval O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joylashgan To‘labiy maqbarasida alloma xotirasi yod etildi. Qur’on tilovat qilindi.
Ma’lumki, mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud. Ustoz-shogird tutingan Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiyning yonma-yon joylashgan bu maqbaralari o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardosh-u hamfikr bo‘lganining yana bir dalolatidir.
Ma’rifiy tadbir davomida shu haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar qardosh xalqlarimizning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish