Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida viloyat, tuman/shahar bosh imom xatiblari va diniy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Qur’on qiroati, duo va zikrlarda tajvid ilmining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, Shayx Alijon qori Haydarov tomonidan o‘tkazildi.
Dars mashg‘ulotida tinglovchilarga tajvid ilmi va uning ahamiyati, qiroat turlari, darajalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, imom-xatiblarning ibodat va marosimlarda Qur’on qiroatiga e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida bosh imom-xatiblar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslantirilgan javoblar olishdi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish