263

UNESCO tashkiloti “Ipak yo‘li” dasturi doirasida tanlov e’lon qiladi

UNESCO tashkiloti “Ipak yo‘li” dasturi doirasida “Ipak yo‘li yoshlar tadqiqot grant – Ipak yo‘li tashabbusi orqali yosh tadqiqotchilar salohiyati va hissasini kuchaytirish” deb nomlangan III xalqaro tanlov e’lon qilinganini ma’lum qiladi.

Nomzodlar Ipak yo‘li bo‘ylab asrlar davomida o‘zaro hamkorlikda rivojlangan umumiy meros va o‘ziga xoslik bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin. 

Shuningdek, ularning tadqiqotlari dolzarbligi va bu merosning o‘ziga xos bo‘lgan ijodkorlik, muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, barqaror tinchlik va rivojlanish uchun UNESCO mandatiga muvofiq bo‘lishi so‘raladi. 

Mazkur tanlov Xitoy Xalq Respublikasining UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Unda 35 yoshdan kichik bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, ushbu tanlovda 12 ta grant ajratilishi qo‘shimcha qilingan.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 31-may.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish