
25.05.2023
8
Halima Yaqub Islom olamining qutlug‘ ziyoratgohida
Singapur Prezidenti Halima Yaqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi.
Buyuk muhaddis haqqiga Qur’on tilovat qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangidan bunyod etilayotgan mazkur majmuadagi qurilish-bunyodkorlik ishlari, mazkur obyektning avvalgi holati haqida ma’lumot berdi. Ziyoratchilar uchun majmua va uning atrofida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Halima Yaqub xonim Islom olamida muhaddislar sultoni deb e’tirof etiladigan Imom Buxoriy majmuasini obod qilish bilan bog‘liq ishlarga yuksak baho berdi.
Manba

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
Izoh qoldirish
Akademiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Fakultetlar
- Kafedralar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- BIZNING BITIRUVCHILAR
- Qabul jadvali
Faoliyat
Talabalarga
Hujjatlar
Interaktiv xizmatlar

©
O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Uzbekistan, Tashkent.
2023
This template is made with by Cherry
Izohlar