Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi
“Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (820-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.
Markazlarning asosiy vazifalaridan biri nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlash hisoblanadi.
Markazlarda FHDYO organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar o‘quv yuklamasi hajmi 16 soatdan kam bo‘lmagan dastur asosida bepul o‘qitiladi.
Ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning tomonlari ham markazlarda ixtiyoriy o‘qishlari mumkin.
Markazlardagi o‘quv mashg‘ulotlari rejalari har oyda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
O‘quv tashg‘ulotlarida to‘liq qatnashgan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikat topshiriladi.
Manba: "Xalq so‘zi" gazetasi sayti
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish