Hamkorlikdagi tadbir mazmunli o‘tdi
Bugun har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv davrida bu – zamon talabi.
Eʼtirof etish joizki, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu borada ular uchun mahorat darslari, oʻquv kurslari, turli uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur debat 2022-yil Toshkent davlat yuridik universitetida boʻlib oʻtgan munozaralarning uzviy davomi boʻlib, ularda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari faol ishtirok etishgandi.
Navbatdagi tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish belgilandi. Ushbu oʻyinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish vazifasi oliy oʻquv yurtlari zimmasiga ham yuklangan.
Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ular orasida sogʻlom raqobat muhitida bilimlarini sinash orqali yosh yigit-qizlarning ingliz tiliga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida bugungi munozara oʻyinlari tashkil etildi.
Ingliz tilida tashkil etilgan debatda Toshkent davlat yuridik universitetining “Smart” va “Colledus” nomli hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Shams” va “Qomar” nomli jamoalari oʻrtasida Karl Popper Debat formatida olib borildi.
Debat yakunida ishtirokchilarga tashakkurnoma topshirildi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan qadamjolarga ekskursiya tashkil etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish