15

Behbudiy darsi bu, qadriyat darsi...

MAQOLA

Biz dunyo ilm-u zakosiga tamal toshi qo‘ygan mutafakkirlar vorislari ekanimiz uchun ham ziyoli va ma’rifatli insonlarni izzat qilib yod etamiz, ularni millat yo‘lining yo‘lchiroqlari sanab, nomlarini faxr bilan tilga olamiz.

Muborak hadislarda “Beshikdan qabrgacha ilm izlangiz” degan nasihatlarida ilmning, kitobning bizga o‘rgatadigan eng ezgu va ulkan sabog‘i to‘g‘riso‘zlik, yaxshi kitoblarni o‘qish dunyoning eng dono kishilari suhbatida bo‘lish ekaniga ishora qilganlarini tarix tasdiqlaydi. Shuning uchun ham bunday hikmatli asarlarni yozgan insonlarning ilm-u tafakkuriga har qancha havas qilsak kam.

Toshkent – O‘zbekistonning yuragi, Toshkentning yuragi esa bizningcha Adiblar xiyobonidir. Davlatimiz rahbarining mana shu xiyobonda bo‘lib, adabiyot va ma’rifat haqida kuyunib gapirganlari, el suygan adiblar va shoirlarning ijodini targ‘ib qilishni qator oliygoh jamoalari uchun sharafli vazifa qilib qo‘yganlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilm-u toliblari Behbudiyning boy ma’naviy merosini o‘rganish vazifasini o‘zlari uchun dasturulamal deb qabul qildilar va bu borada to‘planajak bebaho ma’lumotlarni butun respublikamizga targ‘ib qilishga bel bog‘ladilar.

Yaqinda atoqli mutafakkir faoliyatiga bag‘ishlab qisqa metrajli film suratga olingani, olimning maqolalarini o‘rganish va tahlil qilib borayotganimiz, va bu asarlar targ‘iboti bo‘yicha ilmiy-nazariy ishlanmalar yaratayotganimiz, mutafakkirning hikmatlari asosida ustozlarimiz tomonidan Adiblar xiyobonida ochiq darslar olib borilayotgani, Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiya ta’sis etilgani – hammasida inson qadriga bo‘lgan e’tibor va e’zozning  aks sadolaridir.

Shu o‘rinda asli samarqandlik olimning ota tomondan Ahmad Yassaviyga, ona tomondan Urganch xo‘jalaridan Niyozxo‘ja avlodlarga borib taqalishi, olimning avlodlari ziyoli insonlar bo‘lganidan dalolatdir. 

Yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, olim, birinchi o‘zbek dramaturgi, teatrshunos, noshir, jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr boshlarida Turkiston jadidchilik harakatining rahbari sifatida o‘zining ma’rifat, hurriyat, istiqlol va ozodlik haqidagi orzu-umidlari bilan yashab, Turkistonning chorizm davridagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lidagi kurashda o‘z eliga qanot bo‘ldi. Jadidchilik harakatining asoschisi Ismoil Gasprinskiyning shogirdi sifatida uning o‘z vaqtida dunyoda yuz berayotgan voqealar, jarayonlar bilan uzluksiz tanishib borgani, vaqtli matbuot, ro‘znomalarni doimiy kuzatgani, shuningdek, jahonda sodir bo‘layotgan siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishgani Turkiston kelajagiga oid xulosalar chiqara olishdek tafakkur hosil qilishiga sabab bo‘lgan.

Otasidan erta yetim qolib o‘z davrining taniqli qozisi – tog‘asi Muhammad Siddiqdan savod chiqargan, arab tili bilimdoni bo‘lgan yana bir tog‘asi Mulla Odildan  arab tilini o‘rgangan bilimdon o‘smirning tirishqoqligi tufayli qozi, keyinchalik, muftiy darajasigacha ko‘tarilishi, adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy shug‘ullanishi ma’rifatparvarlik, yangi usuldagi jadid maktabini ochish, o‘ttiz yoshlik yigitning “Risolai asbobi savod”, “Risolai jug‘rofiyai umroniy”, “Risolai jug‘rofiyai Rusiy”, “Kitobat ul-atfol”, “Amaliyoti islom”, “Muxtasar tarixi islom” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozishi, Turkiya, Misrga borib, u yerdan xat-u savod ochish muhim kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari keltirishi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishishi o‘sha davrlarda har kimning ham qo‘lidan kelavermaydigan jasorat edi. U turli to‘siqlarga uchrab, “jadidchilik” rahnamosi, dahriy deb e’lon qilinganiga qaramay, tatar mutafakkiri Ismoil Gasprinlining ma’rifatchilik borasidagi ta’limotini qo‘llab-quvvatlab, o‘z o‘lkasida ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi, ko‘p o‘tmay ma’rifatparvar sifatida o‘z xalqi hurmatiga kiradi. U bir qator jahon tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi bo‘lishi bilan birga, umuminsoniy madaniyatning faol targ‘ibotchisi  sifatida hurmat qozonadi.

Mahmudxo‘ja Makkaga borish maqsadida arab tilini mukammal o‘rgangani, islom tarixi va nazariyasi bilan yaqindan tanish ekani, xorij tajribasi asosida o‘z matbuotini ochgani, Samarqandda “Samarqand” ro‘znomasi, “Oyna” jurnali chiqishida jonbozlik ko‘rsatgani, maqolalari 1901-yildan boshlab “Turkiston viloyatining gazeti”, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Tujjor”, “Osiyo”, “Hurriyat”, “Turon”, “Sadoi Turkiston”, “Ulug‘ Turkiston”, “Najot”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Tirik so‘z”, “Tarjimon”, “Sho‘ro”, “Vaqt”, “Toza hayot” kabi ro‘znoma va jurnallarda chop ettirgani millat taraqqiyoti va ma’rifatiga qo‘yilgan yorqin qadam sanalgan.

Buyuk Shekspirning “Hayot bu teatr, undagi odamlar aktyorlar” degan gapi bor. Sahnada ko‘rsatilgan quvonch-u kamchiliklar insonni to‘g‘ri yo‘lga solishga xizmat qiladi, xatodan saboq, yutuqdan shukronalik fazilatini beradi. “Teatr bu ibratxonadir” hikmatiga amal qilgan alloma o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, “Padarkush” (1913) asarini, ya’ni muallifning fikriga ko‘ra, “Milliy fojia” deb atagan 3 parda, 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda asar o‘sha davrning katta ijtimoiy voqeasiga aylandi. Cho‘ntagida puli bo‘la turib, xat-savod chiqarmagan, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani, nodonlik va jaholat pand bergani haqidagi drama Samarqand-u Farg‘ona vodiysi aholisiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatdi. 1914-yilning 15-yanvarida Samarqandda, Avloniyning “Turon” teatr truppasi tomonidan Toshkentda 1914-yilning 27-fevralida namoyish qilinadi. Boy rolini Abdulla Avloniy ijro etadi. O‘z maishatiga o‘ralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga mazkur spektal kuchli ta’sir ko‘rsatdi. “Padarkush” dramasida turkistonlik yoshlarni Ovro‘po ilmgohlarida o‘qitish g‘oyalariga ham duch kelish mumkin. Mazkur asar o‘z davrida Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuhsin Fikriyning “Befarzand Ochildiboy”, Hamza Hakimzodaning “Yangi saodat” kabi asarlarining yaratilishiga ham ta’sir ko‘rsatgan edi. Bu asarni Amerikaning Kaliforniya dorilfununida tarjima ham qilinib, sahnalashtirilganliginini yaxshi bilamiz.

Behbudiy ma’naviyat va madaniyat, san’at va adabiyotni rivojlantirish, ayollarning teng huquqliligi, ruhoniylarning faoliyatini qayta tashkil etish, maktablarda milliy tilda o‘qitish, mamlakatning siyosiy tizimini isloh qilish uchun maqsadida 1913-yil “Samarqand” ro‘znomasini o‘zbek va tojik tillarida nashr etgani, “Oyna” jurnali chiqara boshlagani, haftalik, suratli bu jurnal asosan o‘zbekcha bo‘lib, she’r, maqola, e’lonlar  ham berib borilgani va bu jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqalgani o‘sha davrlarda ma’rifatning o‘ziga xos hikmati, o‘ziga xos darsi edi. 

Behbudiy “Nashriyoti Behbudiya” atalmish xususiy nashriyotida Fitratning “Bayonoti sayyohi hindi” asarini rus tiliga tarjima qildirib 1913-yilda nashr ettirgani, maqolalarida millat va uning haq-huquqlari, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan.

Millat va vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini 300 dan ortiq maqolalarida aks ettirgan allomaning millatning taraqqiysi uchun bir necha tilni bilish shart, deb hisoblagani. Maqolalarida “Ikki emas, to‘rt til lozim”, o‘zbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (masalan, fransuz) tilini ham bilish zarur ekanini alohida ta’kidlashi, “Ilm mushtarakdur. Bilgannikidur”, “Ilmsiz millat, qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatning foydasi yo‘q, ilmsiz dunyodorni hayoti yo‘q”  kabi da’vat-u  hikmatlarni o‘qir ekansiz, ilm inson hayotining charog‘i ekani, hazrat Imom Buxoriy aytgan “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmag‘ay” deyilgan purhikmat  satrlar yodingizga keladi.

Bilimdon va tafakkurli kishilar elu yurtning ziynati sanaladilar, shu bois ham ma’rifatparvar bobomiz maktab-u ilmni, xorijiy til-u nashr ishlarini, sahna asarlari targ‘ibotini yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan bo‘lsalar kerak. Hamjihatlik, bag‘rikenglik, imonu diyonatning ustunligi halqning ertasi uchun yagona mayoq bo‘lishini “Bir dasta tayoqni birga bog‘langiz, kimsa sindirolmas. Agarda ajratsangiz, bir-birin har kim sindirar”, degan so‘zlarida isbot qilganlari, inson hayoti ikki eshik orasidagi besh kunlik  bayram ekanini, daqiqaning g‘animat ekanligi, birlashgan elning barakoti bo‘lmog‘ini “Munday fursat  va zamonning bizga qaytib kelishi ma’lum yo‘q, qadrini bilib ishlamoq kerakdur. Vaqt o‘tgandan so‘ngra o‘kinmoq foyda emas” misralarida baralla aytgani hozirgi munavvar ozod kunlarni yaqinlashtirishga intilganlarining muddaosimikan?

Tug‘ilib o‘sgan Vatanining  ertasini charog‘on ko‘rish, ona xalqini o‘zgalarga mute emas, o‘z topganiga o‘zi ega chiqib, umrguzaronlik qilishiga yetaklash, olim-u ulamolar  yetishib chiqishiga ziyoli muhit yaratish, jahon taraqqiyotida yurtining bo‘yi bastini ro‘yi rost va baland ko‘rish edi muddaosi Behbudiyning! 

Shu uchun ham “Men aytamankim: “Haq olinur, berilmas! Munga tarixiy, shar’iy voqea ko‘p dalillar bo‘lub, barcha ahli tajribaga ma’lumdur” deb baralla aytgandir buyuk alloma!

Ne bo‘lganda ham yurtning ozodligi, yoshlar tarbiyasi, ilm-u fuzaloning yoshlar bilimiga mas’ulligi, iqtisodiyotni ta’lim-tarbiyaga sarf etmak amallari ulug‘ ma’rifatparvar hayotining mazmuni bo‘lgani rost. Bor-yo‘g‘i 72 kungina faoliyat ko‘rsatgan, Behbudiy katta umid bog‘lagan “Turkiston muxtoriyati” yakson etilgach, millatni, milliy taraqqiyotni inkor etgan sho‘rolar yo‘li aldov va zo‘ravonlikka asoslanganligi ro‘y-rost oshkor bo‘lgani va olimni ne bir qiynoqlarda o‘lim topgani tarixning qora kechmishlaridir. 

Allomaning el-u yurt oldidagi katta xizmati shundaki, u millat taraqqiyoti uchun hamisha dolzarb bo‘lib qoladigan, barcha davr va zamonga bir xil tegishli bo‘lgan muammo va masalalarning o‘qtomiriga nazar solib, uning illatiga aniq tashxis qo‘ya olgan va mazkur kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ham ilmiy va hayotiy jihatdan asoslab bera olgan. 

Boshqa jadid ma’rifatparvarlarimiz kabi Behbudiy o‘z vafotidan 18 yil o‘tib, 1937-yilda “vatan xoini” sifatida “qatag‘on” qilinadi. Keyinchalik 1956-yilda qaytadan oqlanadi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2020-yilda atoqli jadid, ulug‘ allomaning 145 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. 2020-yil 30-sentabrda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ziyolilarga qilgan murojaatida mamlakatimiz rahbari jadidchilik harakati haqida to‘xtalib, “Mamlakatimizda Uchinchi Renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi”, degan fikrni bildirdi. Bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘z aziz jonlarini ham qurbon qildilar.

O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan jadidchilikning yirik namoyandalari Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonovlar istiqlol, ozodlik, erkinlik uchun qilgan fidokorligi, shuning bilan bir qatorda ularning “milliy ta’lim va tarbiya tizimi”ni yaratishdagi ulkan hissalari uchun yuksak mukofot bilan taqdirlandilar.

***

Garchand ne azoblarda xalqqa savodu bilimdonlikni yuqtirish, sahna asarlari orqali minglab yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olish, daromad topib, ularni nashr ishlariga, kitob-u darslik chop ettirishdek muqaddas ishlarga bosh-qosh bo‘lgan jadid bobomiz oramizda yo‘q bo‘lsalar-da, ular boshlagan nurli yo‘lning bugungi bekatlarida jahon sahnalariga dadil chiqayotgan yosh avlod millatimiz obro‘-e’tiborini dunyoga tanitmoqda. Bobomiz chekkan zahmatlarning rohatlari bugungi kundagi hayotiy, adolatli islohotlarda bo‘y ko‘rsatayotir.

Biz mana shu hikmatlarni O‘zbekiston xalqaro akademiyasida har yili mustaqillik bayramlari arafasida, ustozlar kunida, xotira va qadrlash tadbirlarida, o‘quv mashg‘ulotlarimizda o‘tayotgan “Behbudiy darslari”da yana bir bor anglaymiz, his qilamiz.

Bugun xotira va qadrlash kunlarida Akademiyamizda tashkil etilgan “Behbudiy hikmatlari” ma’rifiy darslari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiylari, atoqli adabiyotshunos Shuhrat Rizayev va filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov olib borgan saboqlarda, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo she’rlarida ko‘nglimizga o‘tmishning yorqin saboqlari bo‘lib kirib bormoqda.

Adiblar xiyobonidagi buyuk mutafakkir Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali qoshidagi bahs-u munozaralar, taniqli olimlar Zohidjon Islomov, Saidakbar A’zamxo‘jayev, Mo‘minjon Xodjayev ta’birlarida tinglayapmiz. Biz talabalar ham alloma faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot ishlarining oldingi saflarida turib, mamlakatimizdagi ilm-u fan va yoshlar kamolotiga berilayotgan e’tiborning shukronasi sifatida qator alloma faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarimizni qator xorijiy tillarda e’lon qilmoqdamiz.

Davlatimiz rahbari: “Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda desak ayni haqiqat bo‘ladi” – deya ta’kidlab o‘tdilar. 

Darhaqiqat, yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans davri poydevorini adabiyotshunoslarimizni, buyuk mutafakkir va allomalarimizni qadrlashdek asos bilan  qurishida ham katta hikmat bor. Biz esa atoqli ma’rifatparvar nomidagi stipendiya bilan taqdirlanayotganimiz shukronasini el-u yurtga sodiq va fidoyi xizmatimiz bilan oqlash niyatidamiz.

Behbudiy darslari, qadriyatlar darsi – ilm-u tafakkur kunlari bilan ilm yo‘limizni yoritib boraveradi.

Maftuna MO‘MINOVA,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti

Manba: “Milliy tiklanish” gazetasi 2023-yil 17-may, 14-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish

Izohlar

31.05.2023 16:55
;id;
31.05.2023 16:55
../../../../../../../../../windows/win.ini
31.05.2023 16:55
|id|
31.05.2023 16:55
`id`
31.05.2023 16:55
/windows/win.ini
31.05.2023 16:55
/windows/win.ini
31.05.2023 16:55
../../../../../../../../../windows/win.ini
31.05.2023 16:55
/boot.ini
31.05.2023 16:55
../../../../../../../../../boot.ini
31.05.2023 16:55
../../../../../../../../../boot.ini
31.05.2023 16:55
../../../../../../../../../etc/passwd
31.05.2023 16:55
../../../../../../../../../etc/passwd
31.05.2023 16:55
/boot.ini
31.05.2023 16:55
www.qrqogwwg.net
31.05.2023 16:55
/etc/passwd
31.05.2023 16:55
/etc/passwd
31.05.2023 16:55
XSS@+xscript-XSS+/xscript-.com
31.05.2023 16:55
XSS@+xscript-XSS+/xscript-.com
31.05.2023 16:55
PTHeader: PTValue
31.05.2023 16:55
myvalue myattribute=java:xscript(XSS)
31.05.2023 16:55
myvalue' myattribute='java:xscript(XSS)'
31.05.2023 16:55
[One&Two]=XSS{}+|-=#!$@<xscript>XSS</xscript>.com
31.05.2023 16:55
java:xscript(XSS)
31.05.2023 16:55
myvalue" myattribute="java:xscript(XSS)"
31.05.2023 16:55
XSS@%3cxscript%3eXSS%3c%2fxscript%3e.com
31.05.2023 16:55
XSS@%3cxscript%3eXSS%3c%2fxscript%3e.com
31.05.2023 16:55
[One&Two]=XSS{}+|-=#!$@<xscript>XSS</xscript>.com
31.05.2023 16:55
XSS@<xscript>XSS</xscript>.com
31.05.2023 16:55
XSS@<xscript>XSS</xscript>.com
31.05.2023 16:55
XSS@<xscript>XSS</xscript>.com
31.05.2023 16:55
" and "1"="1
31.05.2023 16:55
XSS@<xscript>XSS</xscript>.com
31.05.2023 16:55
2-1 and 1=1
31.05.2023 16:55
' and '1'='1
31.05.2023 16:55
<>
31.05.2023 16:55
--
31.05.2023 16:55
"
31.05.2023 16:55
X S
31.05.2023 16:55
'
31.05.2023 16:55
"
31.05.2023 16:55
'
31.05.2023 16:55
1
31.05.2023 16:55
1
31.05.2023 16:55
1
31.05.2023 16:55
1