Akademiya jamoasi dasturlash bo‘yicha jahon chempionatida sovrinli o‘rinni egalladi
1998-yildan buyon har yili butun dunyoda ICPC (Intеrnаtiоnаl Collegiate Рrоgrаmming Contest) bo‘yicha talabalar jamoalari o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazib kelinadi. 2022-2023-yilgi dasturlash bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz oliy ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ham ishtirok etdi.
158 ta oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasida Akademiya talabalaridan tashkil topgan “TEAM SEVEN”, “Engineers”, “Invincible”, “Prodev”, “IIAU” hamda “Security” jamoalari musobaqalarda qatnashdi. Chorak final bahslarida ishtirokchilarga 13 ta masalani ishlash uchun besh soat vaqt berildi.
Quvonarlisi, Akademiyaning “TEAM SEVEN” jamoasi oltita masalani ishlagan holda turnirning 2-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Shuningdek, Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘ladigan yarim final musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, yarim final joriy yilning 6-7-dekabr kunlari Shimoliy Sharqiy Yevroosiyo mintaqasining Sankt-Peterburg, Minsk, Olma-ota hamdaYerevan shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda yuqori o‘rinni olgan jamoalar 2023-yilda Misrning Sharm-al Shayx shahrida bo‘ladigan final bosqichida ishtirok etadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish