Ajdodlarimiz merosiga hurmat millatimizni yanada rivojlantiradi
MUNOSABAT
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida avvalgilaridek kutilmagan qator tashabbuslar ilgari surildi. Maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fan, madaniyat, san’atni rivojlantirish, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish singari sohalarda takliflar berildi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining anjuman boshida buyuk ajdodimiz Imom Moturidiyning “Tiriklik hikmatini sog‘liqda deb bilgin” mazmunidagi hikmatini keltirib o‘tgani allomalarimiz merosiga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda ulug‘ olimlarning ilmiy merosi, asarlarini o‘rganish, xalqimizga yetkazish masalalari muhim bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi qatorida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining tashkil etilishi bebaho merosning bugungi kun uchun zarur ekanidan dalolat beradi.
O‘tgan shonli tariximizda ham xalqni jipslashtirish, farovon hayot va osoyishtalik sari boshlashda davlat rahbarlarining o‘rni katta bo‘lgan. Jumladan, Somoniylar, Qoraxoniylar davrida ilm-fanga katta ahamiyat berilgani uchun Sharqning birinchi Renessansi sodir bo‘ldi. Birgina hadis ilmida minglab muhaddislar yetishib chiqdi. Jaloliddin Manguberdi yurt ozodligi uchun joni va oilasini ham ayamadi. Amir Temur islohotlari natijasida mo‘g‘ullar davrida vayronaga uchragan inshootlar yangi shaklda qad rostladi, fan, madaniyat sohasida olimlar vujudga keldi. Bu bilan ikkinchi Renessans boshlandi. Sohibqiron Temur o‘z saroyida muntazam ravishda olimlarning ilmiy mubohasalarini tashkil qilgani, ular bilan doimo muloqotda bo‘lgani tarixiy kitoblarda o‘z aksini topgan.
Olimlar ham Amir Temurga o‘z maslahatlarini berib borgan, yaqin yordamchiga aylangan. Buni Moturidiy ta’limotiga oid salmoqli kitoblar muallifi Sa’duddin Taftazoniy, Sayid Sharif Jurjoniydek olimlar siymosida ko‘rish mumkin. Imom Ahmad ibn Hanbal ham “Agar menda ijobat bo‘ladigan birgina duo qolganida, uni albatta, davlat rahbariga atagan bo‘lardim”, deb aytgan ekanlar. Xalqimiz bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri anglab, ularga o‘zining xayrixohligini bildirmoqda. Yoshi keksa otaxon va onaxonlarimiz duo va nasihatlari, yoshlarimiz bilim va ma’rifatga chanqoqligi va intilishi bilan yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga o‘z hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz.
Davronbek Maxsudov,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish