351

Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydonida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at nomoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tantanali bayramda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati o‘tkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusidagi videoroliklar tanlovi hamda “Inson qadri uchun” turkumidagi videoroliklar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, harbiylar ishtirokida chiqishlar namoyish etiladi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish