359

Ofitserlar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 2022-yilning 7-16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Mazkur o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchilar ishtirok etdi.

Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalariga qarshi kurashda immunitetlarini mustahkamlashdan iborat. 

Tinglovchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarli va mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tadbirlar rejasiga muvofiq, dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilar uchun poytaxtimizdagi “Hazrati imom” majmuasi hamda “O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi”ga tashriflar uyushtirildi. Shuningdek, tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasida saqlanayotgan “Usmon mus’hafi” va boshqa qadimiy kitoblar bilan yaqindan tanishdilar. Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon”, “Qaldirg‘ochbiy” va “Shayx Hovandi Tohur” maqbaralarini ziyorat qilib, ularning tarixi va qayta tiklanish jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish